Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Endi qishda oqqushlar janubga uchmaydi

Ukrainaning Chernovits oblastida o‘tgan yili bo‘lgani kabi bu qishda ham Prut daryosida 200 tagacha shipun-oqqushlar joylashdi. Odatda qushlar qamish qoplangan daryo va ko‘llarda, aholi istiqomat qiladigan joylardan uzoqroqda yashaydi va asosan suvda bo‘ladi. Bu safar oqqushlar odamlarga yaqinroq joylashdi.

"Ko‘pchilik bu yerga go‘zal qushlardan zavqlanish uchun keladi, - deydi bolalar bilan Prut bo‘yiga kelgan mahalliy fuqaro. - Biz ularni boqishga, g‘amxo‘rlik qilishga harakat qilamiz. Menimcha, agar biz tabiatga mehribon bo‘lsak, unda tabiat bizdan mehr va saxovatini ayamaydi, kasalliklardan, hatto “COVID”dan himoya qiladi".

"O‘tgan yili bu yerda oqqushlar unchalik ko‘p emas edi, - deya qo‘shimcha qiladi yana bir tabiat shaydosi, - bu yil esa ularning soni yuzlab. Ular bizni kutishayotgandek...".

“Xmelnitskiy” atom elektr stansiyasining yaqinligi oqqushlarning shu ko‘lga talpinishini tushuntiradi. Chunki stansiya tufayli suv hafzasi harorati 10 darajadan pastga tushmaydi.

Shipun-oqqush bir qator xalqaro konvensiyalar, shuningdek, Yevropa Ittifoqining yovvoyi qushlarni himoyasi to‘g‘risidagi direktivasiga kiritilgan.

G.Xoldorova tayyorladi.