Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Eng mehmondo‘st mamlakatlar reytingi e’lon qilindi

Sayohatchilarning bildirgan fikrlariga asoslanib dunyoning eng mehmondo‘st mamlakatlari reytingi tuzildi. Reytingni Booking.com sayti tuzgan.

Tahlilchilar reytingni tuzishda turli mamlakatlardan bo‘lgan 21 mingdan oshiq sayyohlarning bildirgan fikrlariga asoslangan.

Sayyohlar bildirgan fikrlarga ko‘ra, Tailand dunyoning eng mehmondo‘st mamlakati deb tan olingan va bu mamlakatda xorijlik sayyohlarni juda xushmuomalalik va quvnoq kayfiyat bilan qarshilashadi.

Reytingning ikkinchi o‘rnida Indoneziya, uchinchi o‘rinda Meksika eng mehmondo‘st, xushmuomala, quvnoq mamlakat deb topilgan.

Shuningdek, reytingning to‘rtinchi o‘rnida Tayvan, beshinchi o‘rinda Hindiston joylashgan.