Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Epidemiya qachon yo‘q bo‘ladi?

AOKA huzuridagi shtabda Sanitariya-epidemiologiya nazorati davlat inspeksiyasi boshlig‘i Nurmat Otabekov ishtirokida brifing o‘tkazildi.

Unda Otabekov epidemiya qachon yo‘q bo‘lishi borasida fikr bildirdi.

“Mutaxassislarning taxminlari turlicha. Masala shundaki, bu ilgari ma’lum bo‘lmagan, yangi infeksiya. Koronavirusni 2002 yilda pnevmoniya epidemiyasini keltirib chiqargan og‘ir respirator sindromi (SARS) bilan taqqoslaganda, bunda xavf bir necha oy davom etishi bilan farqlanadi. Holbuki, SARS ham koronavirus hisoblanadi, faqat boshqa turi”, - dedi u.