Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Erkinjon Turdimov: Bugun kamchiliklarni yashiradigan payt emas!

Kecha yoqqan yomg‘ir ijtimoiy soha ob’yektlaridagi kamchiliklarni oshkor etdi. Misol uchun, Samarqand shahridagi 17-, 18-maktablarning mavsumga tayyor emasligi bilinib qoldi. Vaholanki, shahar maktablarining barchasi kuz-qish mavsumiga tayyor, deb hisobot berilgan. Kattaqo‘rg‘on, Past Darg‘om va boshqa tumanlarda ham bu borada kamchiliklar aniqlandi.

Qolaversa, ikki kunlik yomg‘irdan so‘ng elektr energiyasi, gaz ta’minotida uzilishlar kuzatildi. Bu borada ishlar olib borilyapti, transformatorlar almashtirildi, elektr ustunlar yangilandi. Ammo muammolar talaygina.

Afsuski, aholining elektr energiyasidan 306 milliard qarzi bor. 300 dan ziyod noqonuniy ulanishlar aniqlandi. Bunday noqonuniy xatti-harakatlarning oldini olishda zamonaviy elektr hisoblagich - ASKUElar o‘rnatilishini istamayotgan rahbarlar ham bor.