Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Erkinjon Turdimov, Samarqand viloyati hokimi v.b.:

- Barcha jamoada qorovul, farrosh, haydovchi va boshqa texnik xodimlar shtatlari bor. Garchi xizmati muhim bo‘lsa-da, ularga e’tibor yetarli emas. Maoshi juda kam bo‘lgani uchun bu kasb egalari idoraga nomigagina kelib ketadi, sidqidildan ishlamaydi. Ko‘p jamoalarda ularning munosib sharoitda ishlashi, dam olishi uchun imkoniyat yaratilmagan, ish qurollari, maxsus kiyim uchun mablag‘ ajratilmaydi. Bunday toifadagi kishilar bayramlar munosabati bilan rag‘batlantirishda ham esdan chiqib qoladi. Tashkilotlar rahbarlari, kasaba uyushmasi boshlang‘ich tashkilotlari bu masalalarga yil boshida alohida e’tibor qaratib, jiddiy o‘ylab ko‘rsalar maqsadga muvofiq bo‘lardi.