Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Eron yadrochi olimning qotillariga javob qaytarishga va’da berdi

27 noyabr kuni kechqurun Eron Islom Respublikasi mudofaa vazirligi huzuridagi ilmiy-tadqiqot va innovatsiyalar tashkiloti rahbari Mohsin Faxrizoda avtomobili portlatilishi va noma’lum shaxslar tomonidan o‘qqa tutilishi oqibatida halok bo‘lganligi haqida OAVda xabar qilindi.

Bugun, 28 noyabr kuni Eron prezidenti Hasan Ruhoniy olimning o‘ldirilishi javobsiz qolmasligini ma’lum qildi. Bu haqda 28 noyabr kuni Sputnik nashri xabar berdi.

“Ushbu jinoyat javobsiz qolmaydi, javob o‘z vaqtida qaytariladi”, dedi u.

Bundan tashqari, Eron oliy rahbarining maslahatchisi Xuseyn Dehqan Mohsin Faxrizodaning qotillaridan qasos olishga va’da berdi: “Biz shahid qotillariga yashin kabi javob qaytaramiz”.

Eron TIV rahbari Muhammad Javad Zarif bo‘lib o‘tgan voqeada Isroilni aybladi. O‘z navbatida, Eron armiyasi qo‘mondoni Abdulrahim Musavi ushbu jinoyatda “Amerikaning jinoiy qo‘lini” ko‘rmoqda.