Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Eronda suv toshqini oqibatida 12 kishi halok bo‘ldi

Mavsumiy suv toshqinlari oqibatida Eronda 12 kishi halok bo‘ldi, kamida 21 kishi jabrlandi va ikki nafar fuqaro bedarak yo‘qoldi. Bu haqda Eron tez tibbiy yordam xizmati xabar berdi.

“Berilgan ma’lumotlarga ko‘ra, ayni vaqtgacha jami 11 viloyatda 21 kishi jabrlangan, ikki kishi bedarak yo‘qolgan va 12 kishi qurbon bo‘lgan”, deyiladi axborotda.

Yilning mart-aprel oylarida Eronda yomg‘ingarchiliklar ko‘payishi kuzatiladi. Bu holat suv toshqinlariga olib keladi. O‘tgan bir necha kunda kuzatilgan sel oqibatida mamlakatning 11 viloyatida suv toshqinlari sodir bo‘ldi (Eronda jami 31 viloyat mavjud).