Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Ertadan Qirg‘iziston va O‘zbekiston o‘rtasida muntazam aviaqatnovlar tiklanadi

Ma’lum qilinishicha, 14 sentyabrdan boshlab Toshkent - Bishkek - Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha muntazam aviareyslarning amalga oshirilishi boshlanadi.

Parvozlar haftada bir marta amalga oshiriladi. Ushbu yo‘nalish uchun aviachiptalar savdosi boshlangan.

Eslatib o‘tamiz, 11 sentyabrdan Toshkent – Olmaota – Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha muntazam aviaqatnovlar tiklangan edi.

Shuningdek, O‘zbekiston va Qirg‘iziston o‘rtasidagi avtoyo‘l o‘tkazish punktlarida sanitariya-gigiyena talablariga qat’iy rioya etgan holda kirib-chiqishga 1 sentyabrdan ruxsat berilgan.