Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Ertaga xorijdan vatandoshlarimizni olib kelish uchun ikkita charter reysi amalga oshiriladi

Ertaga, 5 avgust kuni Toshkent-Seul-Toshkent, Qohira-Toshkent-Qohira yo‘nalishlari bo‘yicha charter reyslari tashkil etiladi.

Parvozga konsullik muassasalari tomonidan fuqarolar ro‘yxatga olinadi hamda Uzbekistan Airways aviakompaniyasiga taqdim etiladi va ushbu ro‘yxat asosida fuqarolar samolyot bortiga kiritiladi.

Ro‘yxatga birinchi navbatda bemor fuqarolar, yosh bolali va homilador ayollar hamda bekor qilingan doimiy aviaqatnovlarga chipta xarid qilgan fuqarolar qo‘yiladi.

Chiptalarni fuqarolar parvozdan 4 soat oldin xorijiy mamlakatlarning xalqaro aeroportlaridagi Uzbekistan Airways aviakompaniyasining kassalaridan olishlari mumkin bo‘ladi.

O‘zbekistonga kirib kelayotgan fuqarolar o‘z xohishiga ko‘ra 14 kunlik karantin muddatini davlat tomonidan bepul ta’minlanadigan karantin markazlarida yoki pullik mehmonxonada o‘tkazishi mumkin.

Bugun Toshkent-Istanbul-Toshkent charter reysi amalga oshiriladi.