Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Eshak va harom o‘lgan mol go‘shtlarini sotgan karmanalik qassoblar qo‘lga olindi

Mazkur holat Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurash departamenti Navoiy viloyat boshqarmasi tomonidan olib borilgan tezkor tadbirlar davomida joriy yilning 18 iyul kuni aniqlangan.

1972 yilda Karmana tumanda tug‘ilgan, mazkur tumanning Ali Qushchi ko‘chasida yashovchi B.U. ismli shaxs va uning 1996 yilda tug‘ilgan o‘g‘li B.F. ismli fuqaro, “Toshkent” ko‘chasida yashovchi A.B.lar jinoiy til biriktirib, iste’molga yaroqsiz go‘sht mahsulotlarini Navoiy shahar Tinchlik qo‘rg‘onida joylashgan “Navoiy Agro Myat” xususiy korxonasi binosi yonida F.T. ismli boshqa bir shaxsga 1 million 239 ming so‘mga sotgan vaqtda qo‘lga olingan.

Ulardan jami 1 tonna 727 kilogramm mahsulot olib qo‘yilgan. Bundan tashqari, B.M. Navoiy viloyati Hayvonlar kasalliklari tashxisi va oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi davlat markazi bilan o‘zaro til biriktirib, g‘arazgo‘ylik va boshqa manfaatlarni ko‘zlab, iste’molchilarning hayoti va sog‘ligi xavfsizligi talablariga javob bermaydigan jami 892 kilogramm hayvon go‘shti mahsulotlarini iste’molga yaroqligi haqida rasmiy hujjat hisoblangan hujjat berish evaziga F.T.dan  1 million so‘m olganliklari aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.