Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Yevropa Ittifoqi Belarus hukumatiga qarshi qat’iy sanksiyalar joriy etilishi to‘g‘risidagi muhokamalarni boshladi

Yevropa Ittifoqi Belorus hukumatiga qarshi qat’iy sanksiyalar joriy etilishi to‘g‘risidagi muhokamalarni boshladi. Bu haqda Reuters agentligi Shvetsiya tashqi ishlar vaziri Ann Linde so‘zlariga tayanib xabar qildi.

Ma’lum qilinishicha, YeI davlatlari Tashqi ishlar vazirliklari rahbarlari 14 avgust kuni Belarus hukumatiga qarshi choralar ko‘rilishini muhokama qilish uchun yig‘iladi.

“Men, respublika (Belarus) fuqarolariga nisbatan shafqatsiz harakatlar amalga oshirilayotganiga javobgar bo‘lganlarga nisbatan sanksiya choralari kengaytirilishini  ko‘rib chiqishimiz shart deb o‘ylayman”, - dedi Linde. Uning fikriga ko‘ra, Belarusda o‘tkazilgan saylovlarni haqqoniy deb atab bo‘lmaydi.

11 avgust kuni, agar Minsk muholifat bilan muzokara qilmasa va mamlakatda sodir bo‘layotgan zo‘ravonliklarga barham bermasa, YeI Belarus hukumatiga qarshi choralar ko‘rilishini ma’lum qilgan edi. Ittifoqdagilarning fikriga ko‘ra, “inson huquqlari va qonun ustivorligisiz” Belarus bilan aloqalar yomonlashadi.

10 avgust kuni, Rossiya va boshqa bir qator davlatlar tomonidan tan olingan Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko, mamlakat shaharlarida bo‘layotgan namoyishlar G‘arbdagi “qo‘g‘irchoqbozlar” tomonidan uyushtirilayotganini e’lon qildi.

Belarus MSK bergan ma’lumotga ko‘ra, 9 avgust kuni o‘tkazilgan saylovlarda Aleksandr Lukashenko 80.23 foiz ovoz olgan. Uning aosiy raqibi Svetlana Tixanovskaya esa bor yo‘g‘i 9.9 foiz ovoz yig‘a olgan. U ushbu natijalarni tan olmasligini ma’lum qildi.