Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

“Ezgulik albatta, qaytadi”

Koronavirus infeksiyasi tarqalishi joylarda imkoniyatli donorlar soni keskin kamayib ketishiga sabab bo‘ldi.

Muammoni bartaraf etish maqsadida yurtimiz bo‘ylab “Ezgulik albatta, qaytadi” shiori ostida xayriya donorlik aksiyasi tashkil etildi.

Shu munosabat bilan viloyat ichki ishlar boshqarmasi patrul-post xizmati bo‘linmasining 150 dan ortiq xodimi viloyat qon quyish markazida ko‘ngilli ravishda beg‘araz qon topshirdi

Ta’kidlash lozimki, donorlik har qanday inson qilishi mumkin bo‘lgan oddiy, lekin oliy qahramonlik. Qon donorligi – jamiyat salomatligi uchun berilishi mumkin bo‘lgan beg‘araz yordam. Shunday ekan, bugungi sinovli kunlarda qon topshirish turli kasalliklar yoki baxtsiz hodisalar tufayli qon almashtirishga muhtoj bemorlarning hayotga qaytishlariga yordam beradi, umidvor ko‘ngillarga malham bo‘ladi.

Zarifa Qayumova,

Samarqand viloyat qon quyish markazi bo‘lim boshlig‘i.