Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Farg‘onada bank xodimlari 100 000 AQSh dollarni o‘zlashtirgani aniqlandi

2019 yil 6 fevral kuni Farg‘ona viloyatining Yozyovon tumani hududida joylashgan AT “Xalq banki” Yozyovon tumani filiali xodimlari tomonidan bank g‘aznasidagi valyuta saqlash seyfida bo‘lgan pullar sanoqdan o‘tkazilganida, shu yerda bo‘lgan 100000 AQSh dollari yo‘qligi aniqlangan va ushbu holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat  ishi qo‘zg‘atilgan.

O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar  boshqarmasi xabar berishicha, olib borilgan surishtiruv ishlari natijasida ushbu jinoyatni Yozyovon tumani Guliston mahallasida yashovchi yuqoridagi bankning vaqtincha boshqaruvchisi 32 yoshli S.T., hamda ikki nafar shu bank xodimlari tomonidan sodir etilganligi aniqlanib, ushlangan.

Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.