Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Farhod Boqiyev: Joriy yilning o‘tgan 8 oyida yoshlar tomonidan pichoq olib yurish bilan bog‘liq 14 ming 957 ta holat aniqlangan

Senatning sakkizinchi yalpi majlisida jamoat xavfsizligini ta’minlashga doir ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish masalalari ko‘rib chiqilgan. Qo‘mita a’zosi Farhod Boqiyev jamoat xavfsizligini ta’minlashda yuz berayotgan salbiy voqealar haqida gapirdi.

2020 yilning 8 oyida esa 14 ming 957 ta shunday holat aniqlangan bo‘lsa, shundan 12 ming 762 tasi pichoqlar. Mazkur predmetlarning 58 foizi ko‘chada, 22 foizi bozorlarda, eng achinarlisi, 24 foizi ta’lim muassasalalarida voyaga yetmaganlar tomonidan yonida olib yurilgan.

Aynan o‘tkir tig‘li predmetlardan foydalangan holda 542 ta jinoyat sodir etilgan bo‘lsa, shundan 168 tasi qotillik bo‘lgan. 289 tasi og‘ir tan jarohati yetkazilishiga sabab bo‘lgan.

Sovuq qurol sifatida foydalanilishi mumkin bo‘lgan ashyolarni ochiq holda (g‘ilofsiz) olib yurganlik uchun BHMning ikkidan bir qismidan bir baravarigacha miqdorda jarima jazosi belgilandi.