Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

“Faxriy murabbiy” ordeniga Samarqanddan nomzod tasdiqlandi

Xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashining 18 noyabr kuni o‘tkazilgan sessiyasida “Faxriy murabbiy” ordeniga nomzodlarni tanlab olish, ularning faoliyatini o‘rganish va baholash bo‘yicha viloyat tanlov komissiyasi tomonidan taqdim etilgan nomzodlar ko‘rib chiqildi.

Viloyat komissiyasi 16 nafar nomzod orasidan 5 nafarini saralab olgan edi. Ushbu nomzodlar viloyat Kengashida muhokama qilindi va Samarqand davlat universiteti professori, Samarqand shahar Navbahor mahallasi faoli Nabiyev Farhod Hamidovich nomzodi “Faxriy murabbiy” ordeni bilan mukofotlashga munosib deb topildi.

F.Nabiyevning hujjatlari yig‘ma jildi Respublika komissiyasiga taqdim etilishi belgilandi.