Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Fermer takroriy ekindan 225 million so‘m daromad olyapti

Jomboy tumanidagi “Zarafshon turizm star” fermer xo‘jaligi a’zolari g‘alladan bo‘shagan maydonda kungaboqar yetishtirmoqda. 

Xo‘jalik a’zolari o‘tgan yili 7 gektar maydonda kungaboqar yetishtirib, 21 tonna hosil olgan va 100 million so‘m daromad qilgan edi. Bu yil 15 gektar maydonda kungaboqar parvarish qilinyapti.

Xo‘jalik a’zolari takroriy ekin sifatida yetishtirilgan ushbu ekin turidan 45 tonna mahsulot olish va 225 million daromad qilishni mo‘ljallagan.

Orifjon ODILOV.