Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Festival matbuot markazi xorijlik jurnalistlar bilan gavjum bo‘ldi

Bugun “Sharq taronalari” XII xalqaro musiqa festivalini yoritish istagida Samarqandga kelgan bir guruh jurnalist va blogerlar kunning ikkinchi yarmida ko‘hna shaharning tarixiy obidalari – Registon maydoni va Amir Temur maqbarasini ko‘zdan kechirdi. Mehmonlarga bu muqaddas qadamjolar, ularning qurilish tarixi haqida batafsil ma’lumotlar berildi.

So‘ngra ular viloyat Yoshlar markazida tashkil etilgan festival matbuot markaziga tashrif buyurib, bu yerda jurnalistlar uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi. Internet tarmog‘iga ulangan kompyuterlardan foydalandi. Mahalliy jurnalistlar bilan dildan suhbatlashdi, fikr almashdi.

To‘lqin Siddiqov.

Baxtiyor Mustanov (foto).