Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

"Filologik ta’limda innovatsion metod"

Samarqanddagi xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazida ana shu mavzuda ilmiy-amaliy anjuman bo‘lib o‘tmoqda.

Respublika ta’lim markazi, Samarqand viloyati xalq ta’limi boshqarmasi hamda Samarqand davlat universiteti hamkorligida o‘tkazilayotgan mazkur anjumanda tilshunos olimlar, SamDU professor-o‘qituvchilari, ta’lim muassasalarining ona tili va adabiyoti fani o‘qituvchilari ishtirok etmoqda.

Anjumanda til va adabiyotni qo‘shib o‘qitish istiqbollari, ona tili va adabiyot darslarida o‘qish savodxonligini rivojlantirish kabi muhim masalalar muhokama etilmoqda.

Tadbir davomida Respublika ta’lim markazi bo‘lim boshlig‘i G‘.Hamroyev, SamDU professori I.Mirzayev tomonidan o‘qituvchilar uchun mahorat darslari tashkil etiladi.

Samarqand viloyati xalq ta’limi boshqarmasi axborot xizmati.