Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Fohishaxona saqlash va tashkil qilish bilan bog‘liq 4 ta jinoyat fosh etildi

Toshkent viloyati hududida jinoyatlarni issiq izidan fosh etish, sodir etilishi mumkin bo‘lgan jinoyatlarning barvaqt oldini olish borasida bir qator ishlar amalga oshirilmoqda.

Jumladan, viloyat IIBB jinoyat qidiruv boshqarmasi va uning quyi tizim xodimlari tomonidan tezkor tadbir o‘tkazilgan. Tadbir davomida fohishaxona tashkil qilish bilan bog‘liq uch holat Yuqori Chirchiq tumanida, yana bir holat Bo‘stonliq tumanida aniqlangan.

Birinchi holat. 12 noyabr kuni viloyat IIBB tezkor xodimlari tomonidan Yuqori Chirchiq tumani «Chirchiq» mahallasida yashovchi, 61 yoshli A.L.ning yashash xonadoni ko‘zdan kechirilganda, tanishlari 1981 yilda tug‘ilgan Sh.T. (ayol) va 1992 yilda tug‘ilgan J.A. (erkak) hamda 1987 yilda tug‘ilgan, Jizzax viloyatida yashovchi G.Z. (ayol)larga soatiga 80 000 so‘m pul evaziga jinsiy aloqa qilishlariga sharoit yaratib berganligi aniqlangan.

Ikkinchi holat. Shu kuni «Yoshlik» mahallasidagi xonadonlarning birida 1962 yilda tug‘ilgan R.A. (ayol) 20 yoshli S.A. (ayol) va 22 yoshli M.Q. (ayol) hamda 28 yoshli S.S (erkak)larga har bir soatiga 80 000 so‘m pul evaziga jinsiy aloqa qilishlariga sharoit yaratib berganligi aniqlangan.

Uchinchi holat. Saksonota mahallasi hududida joylashgan dala hovlilarning birida fuqaro B.S. tanishlari, 21 yoshli S.Y. (erkak) va angrenlik 20 yoshli M.X. (ayol)larga 20 000 so‘m pul evaziga jinsiy aloqa qilishlariga sharoit yaratib berganligi aniqlanib ushlangan.

To‘rtinchi holat. Bo‘stonliq tumani yashovchi 25 yoshli Shahzod va Temur ismli shaxslar tuman Beshtut MFY hududida joylashgan dala hovlida jinsiy aloqada bo‘lish istagida bo‘lgan shaxslarga sharoit yaratib, fohishaxona tashkil qilganligi, buning uchun mijozlardan har soatiga 200 000 so‘m pul olib kelayotganligi aniqlangan.

Ushbu holat yuzasidan voqea joyi ko‘zdan kechirilganda, tashkilotchi T.T. va uning sherigi O.T. hamda U.X., Sh.S., I.S. (21-30 yoshli ayollar) va R.O. (erkak) borligi ma’lum bo‘lgan.

Suhbat davomida fohishalik bilan shug‘ullanuvchi U.X., Sh.S., I.S.lar mijozlarni ijtimoiy tarmoqlar orqali topishini, ushbu joyga chaqirtirgan mijozlar bilan ham telegram tarmog‘ida gaplashib, 3 nafar bo‘lib kelgani va jinsiy aloqa bilan shug‘ullanish uchun, har biriga soatiga 1 500 000 ming so‘mdan kelishib, mijozlardan pullarni olganliklarini ma’lum qilgan.

IIV xabariga ko‘ra, tadbir davomida tashkilotchi va ayollardan 3 370 000 so‘m pullar daliliy ashyo sifatida olinib, holat yuzasidan tezkor surishtiruv ishlari olib borilgan.