Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Forum ishtirokchilari – Samarqandda

Yurtimizda o‘tkazilayotgan Moskva davlat xalqaro munosabatlar instituti (MDXMI) bitiruvchilarining V forumi ishtirokchilar bugun Samarqandga keldi.

Ta’kidlash lozimki, mazkur institut nafaqat Rossiya, balki dunyodagi nufuzli ta’lim dargohlaridan biri hisoblanadi. Institut bitiruvchilari sayyoramizning turli davlatlarida faoliyat olib boradi. Mamlakatimizda ham ushbu dargohda tahsil olib, xalqaro munosabatlar sohasida mehnat qilayotgan yurtdoshlarimiz ko‘pchilikni tashkil etadi.

Mehmonlar Amir Temur maqbarasi, Registon maydoni va boshqa tarixiy-madaniy yodgorliklar bilan tanishdi. Bir necha asrlarga guvoh tarixiy bino va inshootlar yaratilish tarixi, ayni paytda ularni asrab-avaylash borasida olib borilayotgan ishlar mehmonlarda katta taassurot qoldirdi.

Z.Baltayeva.