Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Fotofeleton: Ham bekat, ham chiqindixona

Samarqand shahar obodonlashtirish boshqarmasi shaharning Dahbed ko‘chasidagi avtobus bekatida ("Umarbank" yonida) "innovatsion loyiha"ga qo‘l urgan ko‘rinadi. Buni suratlar orqali bemalol ko‘rish mumkin.

Gap shundaki, bekat ichida chiqindi tashlaydigan maxsus o‘ra barpo etilgan. Unga tashlangan chiqindi quvur orqali chiqib ketadi. Hududda joylashgan aksariyat do‘kon va oshxonalar ham yuvindi va chiqindilardan shu taxlit "qutulishmoqda". Bu "innovatsion chiqindi o‘rasi"dan bekatda turgan yo‘lovchilar ham foydalanishmoqda.

Ayrimlar "Bekatda surilib, yiqilib ketyapmiz", "Quvurda suv ko‘paysa, chiqindi to‘planib qoladi" deydi. O‘rani aylanib o‘ting-da, baraka topkur yo‘lovchi. Axir, "innovatsion loyiha"ni yaratish osonmi?!

Dil Murod TO‘XTA.