Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Fotoreportaj: Bunyodkorlik – nuroniylar nigohida

«O‘zavtotrans» agentligi Samarqand viloyat boshqarmasi ko‘magida Narpay va Oqdaryo tumanlarining bir guruh nuroniylari Samarqand shahridagi tarixiy obidalar va Payariq tumanidagi Imom Buxoriy majmuasiga sayyohat qildi.

Nuroniylar sayyohatni Imom Buxoriy ziyoratgohidan boshladi. Majmua yonida Prezidentimiz tashabbusi bilan qad rostlagan ilmiy-tadqiqot markazi hamda hadis ilmi maktabida yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi.

–  O‘zbekiston zaminida tug‘ilib o‘sgan, islom va jahon ilm-fani rivojiga beqiyos hissa qo‘shgan buyuk allomalarimizni bugun butun dunyoda yaxshi biladi,– deydi narpaylik Shukrullo Turdiyev.  – Viloyatimizda bunday markazning tashkil etilgani, muzeyda saqlanayotgan qadimiy qo‘lyozmalar, ko‘hna yozuvlar va noyob asarlarning nusxalari barchamizda katta qiziqish uyg‘otdi.

Shuningdek, nuroniylar Samarqand shahridagi Hazrati Xizr majmuasida bo‘lib, mamlakatimizning Birinchi Prezidenti qabrini ziyorat qildi. Amir Temur maqbarasi, Registon maydoni va boshqa diqqatga sazovor joylarni tomosha qildi. Bir piyola choy ustida otaxon va onaxonlar qizg‘in suhbat qurdilar.

Baxtiyor MUSTANOV olgan suratlar.