Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Fuqarolar nega is gazidan zaharlanyapti?

Respublikamizning turli hududlarida 2018 yil davomida aholi o‘rtasida is gazidan zaharlanish hamda gaz va havo aralashmasi chaqnashi bilan bog‘liq favqulodda vaziyatlar bir necha bor kuzatildi. Bu borada ommaviy axborot vositalarida o‘nlab xabarlar berildi.

Tahlillardan ayon bo‘lyaptiki, bunday noxush holatlar kelib chiqishining asosiy sabablari sertifikati bo‘lmagan isitish pechlaridan foydalanish, gaz plitalarini yoqib, e’tibordan chetda qoldirish, gaz asboblarini gaz tarmoqlariga rezina shlanglar orqali ulab olishi bo‘lmoqda.

Buning oldini olish maqsadida Urgut tuman YoXB mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikda mahalla, aholi xonadonlari, korxona va tashkilotlar, ta’lim muassasalarida profilaktika, targ‘ibot-tashviqot tadbirlari o‘tkazmoqda. Shunga qaramay fuqarolar orasida is gazidan zaharlanish holatlari uchrab turibdi.

Jumladan, shu yilning 1 yanvar kuni Beshkapa-1 mahallasida ana shunday holat qayd etildi. 3 nafar fuqaro is gazidan zaharlanib shifoxonaga yotqizildi. Fuqarolarga tez tibbiy muolajalari ko‘rsatilgan bo‘lsa-da, bir kishining hayotini saqlab qolishning imkoni bo‘lmadi.

O‘tkir JABBOROV,

Urgut tuman YXB

katta inspektori.