Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Futbol - Osiyo Kubogi: O‘zbekiston terma jamoasi Turkmaniston terma jamoasiga qarshi

Bugun - 13 yanvar kuni Osiyo Kubogi bahsining «F» guruhi vakillari – O‘zbekiston va Turkmaniston terma jamoalari  Dubay shahrida o‘zaro kuch sinashadi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat  21:00 da boshlanishi belgilangan.

Maydonda O‘zbekiston oq, Turkmaniston yashil libosda to‘p suradi.

Uchrashuvni mezbon BAA mamlakatidan FIFA referisi Ammor Al–Jeneybi boshqarib boradi. O‘zbekiston bu turda ham g‘alaba qozongan taqdirda, keyingi bosqich yo‘llanmasini qo‘lga kiritadi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston termasi birinchi turda Ummon ustidan 2:1 hisobida g‘alaba qozongan bo‘lsa, Turkmaniston Yaponiyadan 2:3 hisobi bilan mag‘lubiyatga uchragan edi.