Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Futbol: Terma jamoa mashg‘ulotlarni avgustdan boshlaydi

O‘zbekiston milliy terma jamoasining JCh-2022 va Osiyo kubogi-2023 qo‘shma saralash bosqichidagi qoldirilgan uchrashuvlari shu yilning oktyabr-noyabr oylarida o‘tkaziladi.

Mazkur bahslarga tayyorgarlik ko‘rish uchun o‘quv-mashg‘ulotlari shu yilning 3 avgustidan 10 avgustigacha milliy terma jamoa ishtirokida poytaxtdagi “Bunyodkor” stadionida bo‘lib o‘tadi.

Yig‘indan oldin terma jamoa a’zolari to‘liq tibbiy ko‘rikdan o‘tadi. Yurtimizdagi epidemiologik vaziyatdan kelib chiqib, mashg‘ulotlar yopiq tarzda bo‘ladi, deya xabar bermoqda O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi.