Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

G‘azabdan foyda bormi?

Bor... 

To g‘azab bor ekan,  sen doimo haqiqatlarni eshitaverasan...

Dushmandan foyda bormi?

Bor...

Ular bor ekan qo‘lingdagi sozing g‘amgin notalarni o‘ta hassoslik bilan chaladi...

Do‘stdan foyda bormi?

Bor...

Ularga mard bo‘lsang, demak sendek do‘stdan, do‘stlikdan foyda bor...

Tanqiddan foyda bormi?

Bor...

Tanqid qiluvchilar aslida hamma joyga birinchi bo‘lib yetib boradiganlardir... Faqat ulargina o‘zining senga muxlisligini tashxislay olmagan asl bemorlaringdir... Ranjima!

Bahsdan foyda bormi?

Yo‘q..

Sen yaxshisi sukut qil...

Ayyor odamdan foyda bormi?

Ha...

Ular senga qilni qirq yorishni o‘rgatadi...

Nomarddan foyda bormi?

Bor... 

Ular senga nomardchilik qilishganida, dunyoning past balandini yaxshiroq anglaysan. Chunki pastlar aynan ulardir...

Marddan foyda bormi?

Ha...

U senga o‘z qolipini tashlab ketadigan yagona mard insondir... Bu qolipda senam boshqalarga yaxshilik qilasan...

Oqdan foyda bormi?

Ha, qorani va kulrangni ajratishni o‘rganasan...

Qoradanchi?

Qora senga ichga yutishni o‘rgatadi, tun qo‘ynida uning zokir ahli bor...

Jangdan foyda bormi?

Bor...

Agar kuchli inson bo‘lsang, u yerda bir lahza bo‘lishing, orqada pismayib yurishingdan ko‘ra ko‘proq senga halovat beradi...

Xullas, yaxshi-yu, yomondan aqling bo‘lsa, foyda olaverasan... Har vaziyatdan foydalanishni bilasan... Qisqasi hammasi albatta, sening foydangga hizmat qilishini qachondir tushunib yetasan...