Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

General Motors kompaniyasi O‘zbekistonga tibbiy uskunalar yubordi

Bugun, 27 aprel kuni General Motors kompaniyasi hamda Koreyaning avtomobil butlovchi qismlarini yetkazib beruvchi korxonalari tomonidan koronavirusga qarshi kurashishni qo‘llab-quvvatlash maqsadida gumanitar yordam sifatida hadya qilingan 2 milliard so‘mlik tibbiy uskunalar Koreyadan keltirildi.

O‘zbekistonga 36 ta kardiomonitor va 25 portativ ultratovushli skanerlarni yetkazib berish «O‘zavtosanoat»ning hamkori bo‘lgan General Motors kompaniyasi hamda Koreyaning avtomobil butlovchi qismlarini yetkazib beruvchi korxonalarining tashabbusi bilan amalga oshirildi.

«Bu GM va koreyalik butlovchi qismlarni yetkazib beruvchilarning yordami. Umid qilamizki, bu O‘zbekistonda inson uchun bebaho sanalgan hayotni saqlab qolishga yordam beradi. Ushbu xavfli virusga qarshi kurashda sizga eng yaxshi tilaklarni tilaymiz» deyiladi General Motors kompaniyasining xabarida.

«O‘zavtosanoat» General Motors kompaniyasi va Koreyaning avtomobil butlovchi qismlari yetkazib beruvchilariga mazkur tashabbus va qo‘llab-quvvatlaganlik uchun minnatdorlik izhor qiladi.