Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Genetika: Farzandning ustun turuvchi xususiyatlari aynan otadan o‘tadi

Genlar (irsiy o‘xshashlik) farzandga albatta ota-onasidan “meros” sifatida o‘tadi. Lekin ba’zan yaxshi, ba’zan esa unchalik yaxshi bo‘lmagan ustun turuvchi xususiyatlar unga aynan otasidan o‘tar ekan. Bugun bolalar o‘z ota-onalaridan qabul qilib oladigan genetik xususiyatlar to‘g‘risida fikr yuritamiz.

Yurak kasalligi

Lester universiteti olimlari tomonidan olib borilgan o‘rganishlarga ko‘ra, ma’lum bir xromosoma sohibi bo‘lgan erkaklarning deyarli 50 foizidan ko‘prog‘ida koronar arteriyasi shikastlanishi (yurakka kislorod yetkazib berish kamayishi bilan tavsiflangan holat) kasalligiga moyillik bo‘lib, bu xususiyat o‘g‘il bolalarga otasidan o‘tishi mumkin.

Ruhiy kasalliklar

Erkaklardan farzandlariga o‘tadigan ruhiy kasalliklar orasida shizofreniya va diqqat yetishmovchiligining giperfaollik buzilishi holatlari ham bor. Otaning yoshi o‘tgan sari DNK o‘zgarib, xavf oshadi. Bu holat ayollarda kuzatilmaydi.

Tishlar

Erakaklarda tish va jag‘ shakli uchun javob beradigan omillar ayollarnikiga qaraganda kuchliroq bo‘lgani sababli, farzand otadan nafaqat qiyshiq tishlar, balki tishlardagi yupqa qoplamani ham olishi mumkin.

Bepushtlik

Olimlarning ta’kidlashicha, bepushtlik genetik muammo sifatida otadan farzandga o‘tadigan bo‘lishi mumkin.

Ko‘z rangi

Erkak jinsi ayol jinsiga nisbatan ustunlik qilganligi sababli farzandning yuz xususiyatlari va ko‘zining rangi otasiniki bilan bir xil bo‘lishi mumkin.

Bo‘y

Bo‘yning o‘sishi ko‘p jihatdan otalik genlarga bog‘liq. Uzun bo‘yli otalarning farzandlari ham uzun bo‘yli bo‘lib tug‘iladi.

Aql-idrok haqida nima deyish mumkin?

Aql-idrok (intellekt) otadan o‘g‘ilga o‘tmaydi. Ota yuksak aql-idrok egasi bo‘lsa ham, bu sifatni o‘g‘li undan 100 foiz meros qilib ololmas ekan.

Ahmoqlik ham otadan o‘g‘ilga o‘tmaydi. Agar ota o‘ta esi past bo‘lsa, uning o‘g‘li bunday bo‘lmaydi (bu yerda tabiat oqilona yo‘l tutgan).

Otaning aql-idroki genetik ravishda faqat qiziga va faqat uning yarmigina o‘tadi.

Erkak onasidan o‘z navbatida, unga o‘zining otasidan o‘tgan aql-idrokni meros qilib oladi.

Daholarning qizi otasiga o‘xshab aqlli bo‘ladi - faqat teng yarmiga. Lekin ularning o‘g‘il farzandi daho bo‘lishi mumkin. Agar otaning zehni past bo‘lsa, qizining zehni ikki baravar kamroq bo‘ladi.

Erkaklar uchun xulosa

O‘g‘il farzandingizning aqliy jihatlarini tasvirlamoqchi bo‘lsangiz, rafiqangizning otasiga qarang (agar u akademik bo‘lsa, o‘g‘lingiz ham aqlli bo‘ladi).

Qizingizga sizning idrokingizning yarmi tegadi, ahmoqligingizning ham yarmi. Intellekt bo‘yicha u sizga yaqin bo‘ladi. Uning o‘g‘li sizning aqliy jihatlaringizni oladi. Aqlli avlodni istasangiz – qizingizning o‘g‘li haqida orzu qiling.

Ayollar uchun xulosa

O‘g‘lingiz – otasining nusxasi. Uni “ey, dadangga o‘xshamay...”, deb urishishingiz, unchalik to‘g‘ri ish emas.

Qizingiz tarbiya jihatdan sizga, donoligi esa otangizga o‘xshaydi. Uning o‘g‘illari sizning turmush o‘rtog‘ingizga o‘xshaydi.

Genetika - mana shunday. Siz-chi, siz kimga o‘xshaysiz?

Bahora MUHAMMADIYeVA tayyorladi.