Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Gerbli guvohnomalar blankalarini qo‘lda to‘ldirish bo‘yicha talablar bekor qilindi

So‘nggi kunlarda ijtimoiy tarmoqlarda ilgari FHDYo organlari tomonidan beriladigan gerbli guvohnomalar bilan bog‘liq savollar muhokamasi ko‘payib ketdi.

Davlat xizmatlari agentligi ushbu vaziyatga oydinlik kiritib, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qaroriga asosan, tug‘ilganlik, nikoh tuzilganligi, nikohdan ajralganlik va o‘lim haqidagi gerbli guvohnomalar blankalari qo‘lda to‘ldirish bo‘yicha talablar bekor qilinib, ularni axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda faqat bosma harflar bilan to‘ldirish tartibi joriy etilganini ma’lum qiladi.