Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

G‘olib kurashchilarga bosh sovrin “SPARK” avtomashinasi beriladi

Joriy yilning 14 sentyabr kuni soat 17:00 da Mustaqilligimizning 28 yilligiga bag‘ishlab Samarqand shahridagi “Mo‘’jiza” amfiteatrida kurash bo‘yicha “Viloyat hokimi sovrini uchun” viloyat ochiq turniri bo‘lib o‘tadi.

Musobaqa xalqaro kurash assotsiatsiyasi qoidalari asosida o‘tkaziladi. Unda 73, 90, +90 kilogramm vazn toifasida 18 yoshdan kattalar gilamda bellashadi.

Uch vaznda ham birinchi o‘rinni egalagan g‘olib kurashchiga bosh sovrin sifatida “Spark” avtomashinasi beriladi.

13 sentyabr kuni esa soat 16:00 dan 17:00 gacha Samarqand eshkak eshish kanalida xalqaro hakamlar va murabbiylar ishtirokida kurashchilarni tanishtiruv va qur’a tashlash hamda tarozidan o‘tkazish marosimi o‘tkazildi.

Bellashuvlarda nomdor, professional kurashchilar ishtirok etishi kutilmoqda.