Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Gran-pri hamda 7000 AQSh dollari miqdoridagi pul mukofoti kimga nasib etdi?

Termiz shahrida I Xalqaro baxshichilik festivali doirasida o‘tkazilgan baxshi-shoirlar, oqin va jirovlar, folklor jamoalarining xalqaro ko‘rik-tanlovi g‘oliblari aniqlandi, deb xabar bermoqda Surxondaryo viloyati hokimligi matbuot xizmati.

Turli nominatsiyalar bo‘yicha tashkilotchilarning esdalik sovg‘alari, maxsus diplom va har biri 500 AQSh dollari miqdoridagi pul mukofoti bilan:

“Baxshichilik san’ati festivalining eng yosh ishtirokchisi”: Kamarul Baixaqi Bin Kamarul Baisax, Malayziya;

“Baxshichilik san’ati festivalining yoshi ulug‘ ishtirokchisi”:  Otaxon Matyakubov, O‘zbekiston;

“Mehr-oqibatni tarannum etgani uchun”: Azizbeg Ziyoyev, Tojikiston;

“Baxshichilik san’ati jonkuyari”: Shoberdi Boltayev, O‘zbekiston;

“An’analarga sodiq baxshi”: Qalandar Normatov, O‘zbekiston;

“Qadriyatlar davomchisi”: Shervan Arna Juma, Afg‘oniston;

“Ajdodlarning unitilayotgan urf-odatlarini tarannum etgani uchun”: Avermed Baldandorj, Mongoliya;

“Baxshichilik san’ati orqali do‘stlik rishtalarini tarannum etgani uchun”: Zoran Samardzich, Serbiya;

“Xalqlarning qadimiy meros targ‘ibotchisi”: Salix Ibragim Bukovyan, Shaban Musa Kosin, Bolgariya;

“Muxlislar e’tirofiga sazovor bo‘lgan eng yaxshi ishtirokchi”: Ali riza Sulaymoni, Xamid Sulaymoni, Eron;

“Hay’at a’zolarining mehrini qozongan ishtirokchi” Asilbek Maratov, Qirg‘iziston;

“Baxshichilik san’ati festivalining eng yaxshi targ‘ibotchisi”: “O‘zbekiston -24”, “Xabar.uz”, O‘zbekiston;

Festivalning uchinchi darajali diplomi, statuetka va har biri 2500 AQSh dollari miqdoridagi pul mukofotlari bilan: 

3-o‘rin: Gulnara Allambergenova, O‘zbekiston (Qoraqalpog‘iston);

3-o‘rin: “Hanmyra Art” guruhi, Koreya;

Festivalning ikkinchi darajali diplomi, statuetka va har biri 3500 AQSh dollari miqdoridagi pul mukofotlari bilan: 

2-o‘rin: Ilgam Baybuldinov, Rossiya;

2-o‘rin: “Oshiqlar” dueti, Ozarbayjon;

Festivalning birinchi darajali diplomi, statuetka va har biri 5000 AQSh dollari miqdoridagi pul mukofotlari bilan:

1-o‘rin: Abdunazar Poyonov, O‘zbekiston;

1-o‘rin: Kervan Yovbasarov, Turkmaniston;

Festivalning bosh sovrini – Gran-pri hamda 7000 AQSh dollari miqdoridagi pul mukofoti bilan:

Uljan Baybusinova, Qozog‘iston.