Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Gretsiya hududidagi orollarda bir necha zilzila sodir bo‘ldi

Birinchi zilzila epitsentri Lesbos orolidan 46 kilometr janubi-g‘arbda Egey dengizida bo‘lgan. Bu haqda Afina Geodinamik instituti ma’lumotiga asoslanib TASS xabar berdi.

Toshkent vaqti bilan soat 10:46 da sodir bo‘lgan zilzila bo‘lgach, deyarli o‘sha hududda 4,8 balli ikkinchi silkinish bo‘ldi. Soat 11:00 da 4,5 balli uchinchi zarba ro‘y berdi. Ma’lum bo‘lishicha, 4,8 balli birinchi zilziladan oldin orolda 3,8 balli kuchsizroq silkinishlar qayd etgan.

Qurbonlar va vayronagarchiliklar haqida hozircha ma’lumot yo‘q.

Avvalroq Xorvatiyada dekabr oyi oxirida yuz bergan kuchli zilzilalardan keyin silkinishlar susaymagani va ulkan jarliklar paydo bo‘lganligi haqida xabar berilgan edi. Mamlakatda jami 500 dan ortiq yer silkinishi qayd etildi.

Shuningdek, Indoneziyaning G‘arbiy Sulavesi viloyatida sodir bo‘lgan bir qator zilzilalar oqibatida 56 kishi halok bo‘lgan.