Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

«GreenCard» yutug‘ini va’da bergan firibgar ikki nafar fuqaroni chuv tushirdi

Samarqandda fuqarolarga AQSh vizasini va’da qilib, ularning 8300 dollar pullarini o‘zlashtirgan firibgarga qarshi jinoyat ishi ochildi.

IIV huzuridagi Tergov departamenti xabariga ko‘ra, o‘tgan yilning 2 iyun kuni 30 yoshli X.X. fuqaro 48 yoshli B.X.ni AQSh davlatiga ishga yuborish uchun “Green Card” lotoreya o‘yinida yutib, 6 oy ichida viza olishga va’da bergan. So‘ngra fuqarodan 5800 AQSh dollari olgan va ehtiyojiga sarflagan.

Xuddi o‘sha fuqaro Samarqand tumanida yashovchi fuqaro 24 yoshli M.O.ni shu usul bilan chuv tushirgan. Unga ham yuqoridagi va’dalarni berib, 2500 AQSh dollarini olgan va bugungi kunga qadar va’dasining ustidan chiqmagan.

Firibgar jabrlanuvchilarga jami bo‘lib, 8300 dollar miqdorida moddiy zarar yetkazgan.

Mazkur holat yuzasidan Samarqand tumani IIB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston JKning 168-moddasi 3-qismi “a” bandi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.