Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

G‘ururimsan, Qomusim!

Samarqand shahar 42-umumiy o‘rta ta’lim maktabida Konstitutsiyamizning 27 yilligi munosabati bilan “G‘ururimsan, Qomusim!” deb nomlangan bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda o‘quvchilar o‘z chiqishlari bilan Konstitutsiyada belgilab berilgan huquq, burch va majburiyatlardan qanchalik xabardorligini namoyon etdi. Ularning bilimdonlik darajasi topishmoq tarzida berilgan savollar bilan aniqlandi. Masalan, o‘quvchilarga Konstitutsiyaning biror moddasi she’riy tarzda bayon qilindi. O‘quvchilar ushbu huquq qaysi moddada aks etganini topdi.

Shuningdek, o‘quvchilar tomonidan tayyorlangan sahna ko‘rinishlari, Vatan haqida yangragan kuy-qo‘shiqlar ham tomoshabinlarga manzur bo‘ldi. O‘quvchilar Vatanni sevishi va ardoqlashini she’riy ifodalar bilan bayon etdi.
Mayoq bo‘lding ilmga,
Maqom berding tilimga,
Sha’nim, oru nomusim,
G‘ururimsan, Qomusim!

Naima HAYITOVA,
maktab o‘qituvchisi.