Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Hamisha ardoqdasiz xalqimiz posbonlari

Samarqand shahar  hokimligi tashabbusi bilan 25 oktyabr - Ichki ishlar organlari xodimlari kuni munosabati bilan bayram tadbiri tashkil etildi.

Shahar hokimi Boburmirzo Obloqulov bayramda ishtirok etayotgan soha xodimlarini sharafli va mashaqqatli kasb bayrami bilan tabrikladi.

– Yurt farovonligi va xalqimiz tinchligi yo‘lida fidokorona xizmat qilayotgan siz kabi ichki ishlar organlari xodimlarining mehnatini har qancha e’tirof etsak kam. Vatanimiz buguni va ertasi uchun mas’ul bo‘lgan sizdek matonat egalari bor ekan, xalqimiz hamisha xotirjam yashaydi, – dedi hokim.

Ko‘p yillar xalqimizga sidqidildan xizmat qilgan bir qator soha xodimdlari shahar hokimining faxriy yorlig‘i va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Tadbir davomida viloyatimizning taniqli va havaskor san’atkorlari tomonidan konsert dasturlari namoyish etildi.

Samarqand shahar hokimligi axborot xizmati.