Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Hammomdagi chaqnash oqibatida ona va bola kasalxonaga yotqizildi

2019 yil 9 may kuni Samarqand tumani O‘rtashiq mahallasida yashovchi 27 yoshli M.V. ismli ayol uyi hammomidagi isitish pechiga 50 litr hajmdagi gaz ballonini ulab yoqib qo‘ygan. So‘ng hammomga 3 yoshli qizini olib kirmoqchi bo‘lib, hammom eshigini ochgan vaqtida gaz ballonidan sizib chiqib to‘planib qolgan gaz va havo aralashmasidan chaqnash sodir bo‘lgan.

Natijada ona va bola kuyish jarohatlari olib kasalxonaga yotqizilgan. Surishtiruv ishlari olib borilmoqda, deb xabar bermoqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi.