Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Haq so‘zlaganning ovozi arslon o‘kirishidan ham shiddatlidir

Tanqid – agar tuzum huquq ustuvor bo‘lgan, adolatli va demokratik tuzum bo‘lsa, hamma uchun foydalidir.

Haqiqatni yozish jurnalistga foyda. Chunki u, avvalo, o‘z kasbining sharafini oqlaydi, o‘z nomusi va orini yuksakka ko‘taradi va xalqqa ham, Xoliqqa ham maqbul ishni qiladi.

Haqiqatni chop etish, takror aytamiz, agar tuzum demokratik va adolatli bo‘lsa, nashrga ham foydali. Chunki uning haqiqiy obunachilari, muxlislari ko‘payadi, natijada reklama beruvchilari ko‘payadi, daromadi oshadi. Dostoyevskiy: «Pul – chop etilgan ozodlik», degan. Boyning ovozi balandroq chiqishi shundan. Aslida bobomiz Zamaxshariy: «Haq so‘zlaganning ovozi arslon o‘kirishidan ham ko‘ra shiddatlidir», deganlar.

Haqiqatni o‘qish, tafakkur qilish, muammolarning ildiziga yetish va yechimlarni topish – jamiyatga ham foydalidir, turli-tuman fikrlarsiz tafakkur o‘ladi, iqtisod inqirozga uchraydi, ma’naviyat parokanda bo‘ladi.

Karim BAHRIYeV.