Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Har bir sayyohdan bizga qancha pul qoladi?

Hisob kitoblarga ko‘ra, yurtimizga Turkmanistondan kelgan har bir sayyoh o‘rtacha 104 AQSh dollarlik xizmatlardan foydalanarkan. Tojikistonliklar esa 60 AQSh dollaridan sarflagan. Yevropa, okeanorti va Yaqin Sharq va Sharqiy Osiyo davlatlaridan kelgan sayyohlarning esa har biri yurtimizda 710 dollarlik turistik xizmatlardan foydalanadi.

Yana bir qiziq ma’lumot: so‘nggi bir yil davomida AQShdan kelgan mehmonlar 8 baravarga, Germaniyadan tashrif buyuruvchilar 2,6, italiyalik mehmonlar soni esa 3 baravarga oshgan.  

2018 yil davomida 5 million nafar chet ellik sayyohlar O‘zbekistonga kelib ketgan. Shundan 94 foizi MDH davlatlaridan bo‘lsa, qolgan 6 foizi chet el mamlakatlaridandir. Eslatib o‘tamiz, Samarqand O‘zbekistonga keluvchi sayyohlar tashrif buyuradigan  asosiy shaharlardan biri hisoblanadi.

Axtam NIZOMOV, SamDU dotsenti.