Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Hasharning birinchi kunida 110 mingdan ortiq fuqaro ishtirok etmoqda

Mustaqilligimizning 28 yillik bayramini “Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon!” shiori ostida munosib nishonlashga tayyorgarlik ko‘rish maqsadida o‘tkazilayotgan umumxalq hasharining birinchi kunida viloyatimizning 110 mingdan ortiq fuqarosi ishtirok etmoqda. Ularning 65 mingdan ziyodini yoshlar tashkil etadi.

Hasharga 900 ga yaqin texnikalar jalb qilingan.

Hasharchilar bayramona kayfiyatda, g‘ayrat bilan obodonlashtirish ishlarida ishtirok etmoqda. Ariq-zovurlar tozalanib, ziyoratgoh va qabristonlar tartibga keltirilmokda. Daraxtlarga shakl berilib, oqlanmoqda.

— Mustaqillik bayramimiz oldidan o‘tkazilayotgan hasharga o‘z hissamni qo‘shayotganimdan xursandman, - deydi O‘ZI Samarqand filiali ATS-225 menejeri Ilyos Xudoyqulov. — Xodimlarimiz bilan ko‘tarinki kayfiyatda idoramiz atrofini obodonlashtiryapmiz. Ekin maydonlariga ishlov berib, daraxtlarni oqlash ularga shakl berish ishlarini olib boryapmiz.

To‘lqin SIDDIQOV,

Baxtiyor MUSTANOV (foto)

"Zarnews.uz’’ sayti uchun maxsus.