Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Hayot go‘zalligini his etishning 5 usuli

1. O‘zlikni sevish san’atini o‘rganing. Har tong «hayotimdagi eng asosiysi — o‘zim. Nima bo‘lishidan qati nazar, bu qoidaga doim amal qilaman», deyishni o‘rganing. «Men kuchliman», «Men o‘zimni sevaman», kabi gaplar ham yaxshi natija beradi.

2. Osoyishtalikni saqlang. Ichki xotirjamlik har qanday sharoitda ham qo‘l keladi. O‘tirib, ko‘zingizni yuming. So‘ng tanangiz bo‘ylab yorqin nur tarqalayotganini his qiling. 10 daqiqalik bunday meditatsiya kuch-quvvat va kayfiyat bag‘ishlaydi.
3. Ko‘tarinki kayfiyat. Bir necha soniya ichida bunga erishish usulini bilasizmi? Tik turgan holda chuqur nafas olib, kulishga harakat qiling. Agar g‘amginlik sizni tark etmasa, albatta shu usuldan foydalaning.

4. Hayotingizni 180 darajaga o‘zgartiring. Agarda siz kundalik, doim bir xil voqealar va holatlardan chiqib keta olmayotgganingizni his qilsangiz, unda hayotingizga o‘zgartirish kiriting.
Yotoqxonada karavotingizni o‘rnini, ishga borayotganda esa boshqa turli yo‘nalish orqali boring. Kichik o‘zgartirishlar, kata o‘zgarishlarga sabab bo‘ladi.

5. Orzularingizni aniqlang. Maqsad va orzularingizni oldingizga aniq qo‘ying. Ularni hatto qog‘ozga yozib quyib, kunda bir marta ularga nazar tashlash ijobiy natijalarga olib keladi. Shu barcha maslahatlarimizga amal qilsangiz, hayot naqadar go‘zal ekanligini anglab yetasiz.