Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

"Hindiston – Markaziy Osiyo" muloqotida ishtirok etish uchun Qirg‘iziston va Afg‘oniston tashqi ishlar vazirlari Samarqand shahriga keldi

Samarqand temir yo‘l vokzalida Qirg‘iziston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Chingiz Aydarbekov hamda Afg‘oniston tashqi ishlar vaziri Salohuddin Rabboniy Samarqand viloyati hokimining o‘rinbosari R.Qobilov, O‘zbekiston tashqi ishlar vazirligi boshqarma boshlig‘i A.Vohidov hamrohligida kutib olindi.

 - Bugun bo‘ladigan nufuzli uchrashuvda qo‘shni davlatlar bilan o‘zaro savdo hajmini oshirish, transport va logistikani rivojlantirish, sanoat, energetika, axborot texnologiyalari, tibbiyot, farmatsevtika, qishloq xo‘jaligining muhim tarmoqlariga investitsiyalar, innovatsiya va texnologiyalar jalb qilish bo‘yicha hamkorlikka kirishamiz, - deydi Qirg‘iziston tashqi ishlar vaziri Ch.Aydarbekov. - Bu borada Samarqand kelishuvi mamlakatlarimiz manfaati uchun xizmat qilishiga shubha yo‘q.

Baxtiyor MUSTANOV.