Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Hindistonda yong‘in oqibatida o‘n nafar chaqaloq vafot etdi

Hindistonning Maxarashtra shtatidagi kasalxonada yong‘in natijasida o‘n nafar yangi tug‘ilgan chaqaloq vafot etdi. Bu haqda NDTV telekanali xabar bermoqda.

Fojia bemorlar yotgan binoda kech tunda sodir bo‘lgan. Hamshira neonatal palatasidan tutun chiqayotganini payqab, bu haqda xodimlar va o‘t o‘chiruvchilarga xabar berdi. Yetti nafar chaqaloqning hayoti saqlab qolindi. Ta’kidlanishicha, Bxandara shahridagi avariyaga, ehtimol, qisqa tutashuv sabab bo‘lgan.

Hindiston Bosh vaziri Narendra Modi yong‘inda halok bo‘lgan bolalarning oilalariga hamdardlik bildirdi va voqeani "yurakni ezuvchi fojia" deb atadi.

G.XOLDOROVA tayyorladi.