Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Hokim o‘rinbosari talabalarni ruhlantirdi

Buning sababi bor: Samarqand viloyati hokimining o‘rinbosari, viloyat investitsiyalar va tashqi savdo boshqarmasi boshlig‘i Oybek Xo‘jayev Samarqand davlat universiteti talabalari bilan o‘tkazgan uchrashuvida aksariyat yoshlar viloyat iqtisodiyoti rivoji uchun istiqbolli reja bo‘lsa, uni amalga oshirishga shay ekanliklarini bildirdi.

Ochiq muloqot tarzida tashkil etilgan uchrashuvda yurtimizda yoshlarga yaratilayotgan imkoniyatlar, ularning intelluktual salohiyati va siyosiy-huquqiy bilimlarini oshirish borasida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar haqida so‘z yuritildi.

- Yoshlarni har tomonlama barkamol qilib tarbiyalash davlatimiz siyosatining asosini tashkil qiladi, - deydi O.Xo‘jayev. - Ularning qobiliyatlarini ro‘yobga chiqarish, bandligini ta’minlashga ko‘maklashish, bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazishga ham alohida e’tibor qaratiladi. Yuksak ma’naviyatli, mustaqil fikrlovchi, qat’iy pozitsiyasi, keng dunyoqarash va chuqur bilimlarga ega bo‘lgan vatanparvar yoshlar har bir davlat istiqbolini belgilaydi.

Tadbirda yoshlarda biznes ko‘nikmalarini rivojlantirish masalasiga alohida e’tibor qaratildi. Ularga investitsiyalar va tashqi savdo boshqarmasi faoliyati, eksport, investorlarni jalb qilish borasida tushuncha berildi. Viloyatning eksport ko‘rsatkichlari va investitsiya salohiyati bo‘yicha taqdimot o‘tkazdi. O‘z o‘rnida yoshlar viloyat iqtisodiyotini rivojlashtirish uchun hissa qo‘shishga shay ekanliklarini bildirdi.

D.Xolmirzayeva.