Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Hozir: Samarqandda «Tashabbus-2019» ko‘rik-tanlovining viloyat bosqichi boshlandi

Samarqand shahridagi Alisher Navoiy nomidagi istirohat bog‘i hududida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sovrini uchun o‘tkazilayotgan «Tashabbus-2019» ko‘rik-tanlovining Samarqand viloyati bosqichi bo‘lib o‘tmoqda.

Samarqand shahridagi yoshlar markazida ko‘rik-tanlovning ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda Samarqand viloyati hokimining birinchi o‘rinbosari J.O‘roqov ishtirok etdi va ishtirokchilarga omad tiladi.

Eslatib o‘tamiz: tanlov xalq sayli sifatida tashkil etilgan va bu yerda viloyatdagi qo‘shma korxonalar, xususiy tadbirkorlar, hunarmandlar va fermerlar o‘z mahsulotlari bilan ishtirok etmoqda. Turli madaniy chiqishlar, konsert dasturlari namoyish etilmoqda.

Baxtiyor MUSTANOV surat-lavhalari.