Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

“Hududgaz Samarqand” gaz ta’minoti filialiga qarzdordan 470 million so‘m undirib berildi

Bunga jinoyat ishlari bo‘yicha Ishtixon tumani sudining hukmi asos bo‘lgan.

Hukmda qarzdor Q.B.dan undiruvchi «Hududgaz Samarqand» gaz ta’minoti filiali foydasiga yetkazilgan zararni undirish belgilangan.

Mazkur hujjat asosida Majburiy ijro byurosi Samarqand shahar bo‘limi tomonidan ijro ishi yuritish qo‘zg‘atilib, tomonlarga yuborilgan.

Ijro harakatlari davomida qarzdorga tegishli bankdagi hisob-raqamiga band solingan va unga tegishli bo‘lgan mol-mulklarni aniqlash maqsadida mutasaddi so‘rov xatlari yuborilgan.
Ushbu ijro hujjati bo‘yicha qarzdor Q.B.dan undiruvchi undiruvchi «Hududgaz Samarqand» gaz ta’minoti filiali foydasiga 470 million 826 ming so‘m yetkazilgan zarar undirildi.

Majburiy ijro byurosi Samarqand shahar bo‘limi.