Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

IIV ijtimoiy tarmoqlarda tarqalayotgan yolg‘on xabar haqida aholini ogohlantirmoqda

So‘nggi vaqtlarda ijtimoiy tarmoqlarda quyidagi mazmundagi yolg‘on xabarlar keng tarqalmoqda. Ushbu xabarlarga IIV munosabat bildirdi.

Qayd etilishicha, bu kabi xabarlar fuqarolar orasida vahima va davlat organlariga ishonchsizlik uyg‘otish maqsadida o‘ylab topilayotgan bo‘hton hisoblanadi.

"O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan bu kabi masalalarga oid xabarlarni tarqatish zarurati yuzaga kelgan taqdirda, vazirlik o‘zining rasmiy ijtimoiy tarmoqlardagi, shuningdek, vazirlikning tarkibiy yoki hududiy tuzilmalarining rasmiy sahifalari hamda boshqa OAV orqali murojaat qilishini ma’lum qilamiz", deyiladi xabarda.