Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

IIV mutasaddisi samarqandlik YHXB xodimlari bilan uchrashuv o‘tkazdi

O‘zbekiston Respublikasi IIV Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi boshlig‘i, polkovnik Olim Saidov Samarqand viloyati yo‘l harakati xavfsizligi tizimida xizmat qilayotgan xodimlar bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Jumladan, viloyat IIB YHXBdagi uchrashuvda xodimlarning fuqarolar bilan qanday muomalada bo‘lishi, xalq bilan fikr almashishi, ularning hushyor va sergakligi bilan qiziqdi. Odamlarning tinchligi, osoyishtaligi uchun xizmat olib borishi, bugun amalga oshirilayotgan odilona siyosatning mazmun-mohiyatini anglagan holda ashlarni rejali tashkil etish yuzasidan ko‘rsatmalar berdi.

Shuningdek, O.Saidov viloyat yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi ma’muriy binolarida olib borilayotgan rekonstuksiya ishlari, xodimlarga yaratilayotgan shart-sharoitlar bilan tanishdi.

Samarqand viloyati IIB YHXB axborot xizmati.