Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Ijaradagi uyda fohishaxona ochgan ayol ustidan jinoyat ishi ochildi

Jizzax viloyati ichki ishlar boshqarmasi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir natijasida Jizzax shahar, Ittifoq mahallasidagi 14-uyda ijarada istiqomat qiluvchi, 1991 yilda tug‘ilgan ayol X.M.ning qo‘shmachilik faoliyatiga chek qo‘yildi. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar berdi.

Fuqaro X.M. ijaradagi yashash manzilida Amir Temur mahallasida istiqomat qiluvchi, 1995 yilda tug‘ilgan Q.J. hamda Bunyod mahallasida istiqomat qiluvchi, 1996 yil tug‘ilgan S.U.larni Sharof Rashidov tumani, Qorayontoq mahalla fuqarolar yig‘inida istiqomat qiluvchi, 1986 yil tug‘ilgan ayol E.S. bilan yaqin munosatga kirishishlariga sharoit yaratib bergan vaqtda fosh etilgan.

Fohishaxona saqlab kelgan ayoldan daliliy ashyo sifatida 250 ming so‘m pul hujjatlashtirib olingan.

Holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 131-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.