Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Ijodkorlar Samarqandni madh etdi

Samarqand shahridagi Abdurahmon Jomiy va Alisher Navoiy haykali oldida O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Samarqand viloyati bo‘limi va “Ovozi Samarqand” gazetasi tahririyati hamkorligida Samarqand shahri kuni munosabati bilan tadbir o‘tkazildi.

Unda O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi viloyat bo‘limi raisi Toshpo‘lat Tugalov, “Ovozi Samarqand” gazetasi bosh muharriri Bahodir Rahmonov, viloyat kasaba uyushmalari kengashi raisi Suhrob Rafiqov, viloyat tojik va tojikzabonlar milliy-madaniy markazi raisi Akbar Mahmudov Samarqand shahri tarixi, buguni va ertasi, bu ko‘hna kentda yashab ijod qilgan yozuvchi va shoirlar haqida gapirdilar.

Tadbir doirasida Samarqand ijodkorlari o‘rtasida “Samarqand - Sharq gavhari” mavzusida mushoira bo‘lib o‘tdi. Yakunda Samarqand shahrini madh etuvchi she’rlari bilan faol ishtirok etgan ijodkorlar tashkilotchilar tomonidan diplom, tashakkurnoma va sovg‘alar bilan taqdirlandi.

Tadbirda Samarqand viloyati hokimi o‘rinbosari X.Ochilov ishtirok etdi.

F.ABDUMO‘MINOV.