Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Ikkinchi jahon urushida O‘zbekistondan 1,5 milliondan ortiq kishi qatnashgan

1941–1945 yillardagi Ikkinchi jahon urushida O‘zbekistondan  1,5 milliondan ortiq kishi qatnashgan. Urushda yurtdoshlarimizning yarim milliondan ortig‘i halok bo‘lgan. 133 mingga yaqini bedarak yo‘qolgan, 60 mingdan ziyodi nogiron bo‘lib qaytgan.

Urush olovi ichida qolgan hududlardan yurtimizga 1 million nafardan ortiq kishi ko‘chirib keltirilgan. Ularning 200 ming nafari bolalar edi. Xalqimiz ularga boshpana berib, so‘nggi burda nonini ham baham ko‘rib, ota-onasidan ajralgan bolalarni o‘z farzandlari qatori tarbiyasiga olib, butun dunyoga haqiqiy insonparvarlik fazilatlarini namoyish etgan.

Davlatimiz rahbarining shu yil 23 apreldagi “Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini rag‘batlantirish to‘g‘risida” farmoniga ko‘ra, Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari va nogironlariga 7 500 000 (yetti million besh yuz ming) so‘m miqdorida pul mukofoti belgilandi.